Uzlayt.net - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Yurtimizning qayeridansiz?
Всего ответов: 32

Реклама
Реклама
Реклама
Реклама
Профил
Гость

Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.

Логин:
Пароль:
Реклама
200


Реклама
Реклама
Реклама
На сайте
Подробно
Онлайн
Сегодня был на сайте:
,
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Альбомы
Тошкентда Ислом Каримовга ҳайкал қўйилади  

Просмотров: 669  | Дата: 25.11.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов хотирасини абадийлаштириш учун мамлакат пойтахти Тошкент шаҳрида унинг номидаги майдон барпо этилиши бўйича ташаббуслар билдирилмоқда.

 

 

 
 
"Биринчи Президентимизнинг Ватанимиз ва халқимиз олдидаги ана шундай тарихий хизматларини доимо ёдимизда сақлаш бизнинг барчамиз учун ҳам қарз, ҳам фарз. Бу улуғ зотнинг хотирасини абадийлаштириш, жумладан, пойтахтимиз Тошкент шаҳри марказида улкан майдон барпо этиб, муҳтарам Ислом Абдуғаниевичнинг улуғвор ҳайкалини ўрнатиш ҳақида бугунги кунда минглаб ватандошларимиз, кенг жамоатчилик томонидан кўплаб мурожаат ва таклифлар келиб тушмоқда. Ишончим комил, бу таклифларни сизлар ҳам албатта қўллаб-қувватлайсизлар", деган Ўзбекистон президенти вазифасини бажарувчи, 4 декабрь куни бўлиб ўтадиган Ўзбекистон президенти сайловларида Либерал-демократлар партиясидан номзод сифатида иштирок этувчи Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги сайловчилар билан учрашуви  ... Читать дальше »


Просмотров: 593  | Дата: 25.11.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Ўзбекистонда шамол секундига 12-17 метргача кучайиши мумкин — yangiliklar

 

 

 

Тошкент шаҳри. Республика Гидрометеорология марказининг хабар беришича, 26 ноябрь куни Тошкентда ҳаво ўзгариб туради, вақти-вақти билан қор ёғади. Кечаси ва эрталаб туман тушиши мумкин. Шимоли-шарқдан секундига 5-10 м ... Читать дальше »


Просмотров: 556  | Дата: 25.11.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Toshkent shahrida “Robotlar jangi” musoboqasi bo‘lib o‘tadi. U O‘zbekistonda birinchi marta Respublika bosqichida, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan MIT.uz tanlovi doirasida tashkil qilinmoqda. Bu haqda “Kamolot” YIH vakillari “Daryo”ga ma’lum qildi.

 

 

Unda istalgan yosh va kasbdagi kishilar qatnashishi mumkin. Buning uchun robotwars.mit.uz saytida ro‘yxatdan o‘t ... Читать дальше »


Просмотров: 570  | Дата: 17.10.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Mana Kecha Sevimliy Ummon Guruhingiz Yangi


Просмотров: 650  | Дата: 17.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

"Қирғизистонда эришилган дин эркинлигини қадрлаш ва маънавиятни тарбиялаш, миллий маданий қадриятларни ҳимоялаш ва ислом маърифатидаги камчиликларни биргаликда бартараф этиш лозим", деб айтди Қирғизистон президенти Алмазбек Атамбаев. Бу ҳақда президент аппарати ахборот сиёсати бўлими маълум қилди. 

 

 

Унинг маълумотларига кўра, Атамбаев 16 августда Қирғизистон мусулмонлари муфтийси Максат хожи Тўктомушев, Мусулмонлар диний бошқармаси уламолари кенгаши раиси Абдишукур хожи Норматов, кенгаш аъзоси Чўбок хожи Жалилов ва "Иймон" дин маданиятини ривожлантириш жамғармаси бошқарув раиси Нуржигит Қодирбековни қабул қилди. Улар диний соҳадаги вазиятни ҳамда давлат ва диний етакчиларнинг экстремизм ва радикаллашувга қарши курашдаги биргаликдаги саъй-ҳаракатларини мувофиқлаштириш чораларини муҳокама қилишди. 
  
 Атамбаев охирги вақтда диний мавзудаги исталган баҳс-мунозара кескин тус олаётганини таъкидлаб ўтди. "Бу мунозараларни эксремистлар ва радикаллар кескинлаштирмоқда. Дунёдаги охирги тенденциялар ортида биз радикаллашув таҳдидига биргаликда қарши туришимиз, давлатимизнинг дунёвий кўринишига қатъий амал қилишимиз лозим", деб айтди Атамбаев.   

... Читать дальше »


Просмотров: 450  | Дата: 17.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Хитой маҳсулотлари жаҳон смартфон бозорининг 44 фоизини эгаллади

 

 

DigiTimes Research тадқиқот агентлиги ўзининг шахсий манбасига асосланиб маълум қилишича, Хитой смартфонлари ишлаб чиқариш ҳажми кўтарилмоқда. 2016 йилнинг иккинчи кварталида Хитой компаниялари 145,9 миллион мобил қурилма жўнатишган. Бу ўтган кварталга қараганда 13 фоиз ва ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 22,9 фоизга кўпни ташкил этади. Айни дамда Хитой маҳсулотлари жаҳон смартфон бозорининг 44,1 фоизини эгаллаган. Хорижда Хитой смартфонларининг сотилиши ўтган кварталга қараганда 20,7 фоизга, ўтган йилнинг шу даврига нисбатан эса 17,7 фоизга ошган.

Бозордаги Хитой компаниялари қуйидаги тартибда ўрин олган: Huawei Technologies омадли компания сифатида ўз рақобатчиларидан 18,8 фоизга ошиб кетган. Унинг ортидан Oppo 11,5 фоиз, учинчиликда эса Vivo ва Xiaomi 9 фоизлик натижа билан бормоқда. Қуйидаги рўйхатда компаниялар бозордаги улушларига нисбатан жойлаштирилган:
 •  TCL - 5,3 фоиз;
 •  ZTE - 5,3 фоиз;
 •  Lenovo - 4,7 фоиз;
 •  Gionee - 4,5 фоиз;
 •  Meizu - 2,5 фоиз;
 •  Coolpad - 2,1 фоиз.
 Смартфонларни экспорт қилиш бўйича Huawei (21,8 фоиз), TCL  (11,3 фоиз), ZTE  (10,1 фоиз), Lenovo (8,2 фоиз), Oppo (6 фоиз ... Читать дальше »


Просмотров: 510  | Дата: 17.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

16-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

 

 

1. Ruslan Nuriddinov Rio—2016 Olimpiadasining O‘zbekiston uchun ikkinchi oltin medalini taqdim etdi. O‘zbekiston terma jamoasi Olimpiada o‘yinlari tarixida o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etib bo‘ldi.

2. Nemis og‘ir atletikachilari O‘zbekiston va yana yetti mamlakatni Olimpiadadan chetlatish kerakligini aytdi. 29-iyul kuni Og‘ir Atletika Xalqaro…


Просмотров: 604  | Дата: 17.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oilalariga mo‘ljallangan 64 xonadondan iborat to‘rt qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va ularning oila a’zolari, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Davlat rahbarining 2007-yil 14-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilishda dasturilamal bo‘lmoqda. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun ko‘plab zamonaviy uy-joylar, yotoqxonalar, ta’lim muassasalari, sport majmualari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Yunusobod tumanidagi “Yangi shahar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan yangi ko‘p qavatli turar joy nav ... Читать дальше »


Просмотров: 534  | Дата: 16.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Xabar qilinishi bo’yicha — 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyevga Turkiya bilan munosabatlarni tiklashga yordam bergani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

 

 

 

 

 “Siz Rossiya-Turkiya munosabatlarining tiklanishi haqida gapirdingiz. Shu munosabat bilan siz amalga oshirgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik bildiraman. Vositachilik missiyangizni nazarda tutyapman. Ko‘rib turibmizki, u muvaffaqiyatli… batafsil o’qish Siz hozir Dunyo kategoriyasidagi yangiliklarni ko’rib chiqdingiz. Bu sarlovhasi Putin Nazarboyevga Turkiya bilan munosabatlarni ti… bo’lgan maqola yangiliklar.net saytiga kiritilgan.

 


Просмотров: 5054  | Дата: 13.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Qushiqlari UZLAYT NET saytida yangrashini istaganlar 5ming sumdan joylanadi joylangandan sung ishtimoiy tarmoqlarda saytni reklama qilish sharti va saytimiz foydalanuvchisi bulish sharti bilan mp3 lar tinglab kuriladi ma'qul kelsa xit belgisi quyiladi sifati 128kbps Studioda yozilgan bulsin admin telegram +998901959425 xurmat ila UZLAYT.NET jamoasi


Просмотров: 628  | Дата: 03.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

2-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish mamlakat iqtisodiyotiga 100 mlrd dollar zarar keltirdi. Yetkazilgan zarar miqdori oshishi mumkinligi qayd etilmoqda.

 

 

2. 1991-yil 1-sentabrda tug‘ilganlar “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan mahalliy yo‘nalishlarga bepul aviachipta oladi. Bu O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi sharafiga tashkil etilgan aksiyalardan biri.

 

3. Qozoqcha kelin ko‘ylak dunyodagi eng chiroyli liboslar reytingida 5-o‘rinni egalladi. Jahondagi eng ko‘rkam to‘y libosi esa Hindistonniki bo‘ldi.

4. Lola hayotni o‘zgartirishni soch turmagidan boshlashga chaqirdi. Avvalroq Lola Instagram’dagi sahifasida barchani kechirimli bo‘lishga chaqirgan edi.

5. Yil omadsizligi: finalda penaltidan, keyinroq esa 4 metrdan gol ura olmagan ispaniyalik qiz.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmi ... Читать дальше »


Просмотров: 411  | Дата: 03.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

“Ummon” guruhining uch a’zosidan biri Shohrux uylanmoqda. Bu haqda guruh ma’muri Doniyor Alimuhmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

 

 

 

 

“Ha, Shohrux uylanayotgani haqidagi gap-so‘zlar rost. Uning nikoh to‘yi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi”, — dedi guruh ma’muri. “Shohrux o‘zi sevgan, uch yildan buyon ahdu-paymon qilib yurgan qiziga uylanmoqda. U qiz hozircha abituriyent, shu yil o‘qishga kirish uchun imtihon topshirdi”, — deya qo‘shimcha qildi Alimuhamedov. 2015-yil sentabrida “Ummon” guruhi a’zosi Jasur Rapiqov uylangan edi. Guruhning yana bir a’zosi Zohid esa hali bo‘ydoq. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.


Просмотров: 307  | Дата: 03.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

“Yunayted” muxlislari Bastian Shvaynshtaygerni qoldirishni so‘rab, Mourinyoga 2 mingdan ziyod izoh yozdi

 

 

 

“Chempionat” ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi allaqachon o‘zi uchun yangi jamoa axtarishga kirishgan. Izohlardagi umumiy ma’no esa muxlislar nemis yarim himoyachisining jamoada qolishini istayotganini bildirmoqda.


Просмотров: 273  | Дата: 03.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Yaponiyaning Tiba prefekturasida birinchi haydovchisiz avtobus sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda, “Iomiuri” gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

 

 

 

Avtobus ichiga 12 yo‘lovchi sig‘adi, shulardan olti nafari o‘tirib ketishi mumkin. Transport vositasining tezligi soatiga 5–7 kilometrni tashkil etadi.

Sinov maydonchasi sifatida AEON gipermarketi yaqinidagi Toyosuna bog‘i tanlandi. Qonunchilikka zarur o‘zgartirishlar kiritilmagani bois hozircha bunday mashinalar katta ko‘chada yura olmaydi.


Просмотров: 262  | Дата: 03.08.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Turkiyada harbiy to‘ntarishga urinish natijasida mamlakat iqtisodiyoti 100 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda Turkiya Bojxona va savdo vaziri Byulent Tyufenkchi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha harbiy samolyot, vertolyot, qurol-yarog‘, bomba va zararlangan binolarni inobatga olsak, bu kamida 300 milliard lira (taxminan 100 milliard dollar)ga aylandi”, – deya Byulent Tyufenkchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Hurriyet gazetasi.

Bojxona va savdo vaziri gap faqatgina dastlabki hisob-kitoblar haqida ketayotganiga urg‘u berib o‘tdi. Yetkazilgan zarar miqdori oshishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Byulent Tyufenkchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish oqibatida xorijdan ko‘plab buyurtmalar bekor qilindi, sayyohlar esa Turkiyaga tashrif qilishni bosh tortdi.

 

 

 

 


Просмотров: 745  | Дата: 10.05.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.


Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda. Poytaxtdagi Xotira maydoniga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezident Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan o‘zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. “Shu kunlarda yurtimizda, qishloq va shaharlarimizda, har bir oila va xonadonda kattayu kichik — barcha vatandoshlarimiz 9-may — Xotira va qadrlash kunini, Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligini keng nishonlamoqda, — dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. — Ana shu buyuk g‘alabani qo‘lga kiritishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan faxriylarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni tabriklash, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tilash men uchun katta sharafdir. Shu bilan birga, urush maydonlaridan qaytmagan, mana shunday musaffo osmon, tinch va osoyishta hayot uchun jon be ... Читать дальше »


Просмотров: 288  | Дата: 10.05.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

6-may, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bolgariya Respublikasining

Muvaqqat ishlar vakili Georgi Prodanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, yuqori darajadagi Bolgariya delegatsiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston neft va gazi — OGU–2016” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishiga oid amaliy masalalar, bo‘lajak O‘zbekiston—Bolgariya uchrashuvlarining kun tartibi va dasturi yuzasidan fikr almashildi.


Просмотров: 324  | Дата: 10.05.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

O‘zbekistonda 9-may kuni butun mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi,

havo harorati avvalgi kunlarga nisbatan biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi. 9-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +7…+12 daraja iliq bo‘ladi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +22…+23 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda +12…+19 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi. 9-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12…+17 daraja iliq bo‘ladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +25 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida +28 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +30 darajagacha iliq bo‘ladi. 9-may kuni vaqti-vaqti bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, momaqaldiroq bo‘ladi, momaqaldiroq vaqtida shamol tezligi kuchayishi mumkin.


Просмотров: 309  | Дата: 10.05.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

“O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 8—10-may kunlari sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi “O‘zgidromet” markazi axborotida.


Просмотров: 271  | Дата: 13.02.2016 | Категория: dunyo_yangiliklar

Хитойда 22 гўдакни сотиб юборишда айбланган эркак қатл қилинди. Бу ҳақда CNS ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Айтилишича, Тань Юнчжи шериклари билан тил бириктириб, болаларни ўғирлаш ва сотиш "бизнес”ини йўлга қўйган. Юньнань вилоятидан ўғирланган болалар Хэнанда сотилган. 2008 йил февралидан 2013 йил апрелига қадар жиноий гуруҳ 22 чақалоқни пуллаган. Тўда раҳбари қатл қилинди, шериклари эса узоқ муддатга қамоққа ташланди.

Хитойда болалар савдоси энг кенг тарқалган жиноят турларидан биридир. Одатда ўз фарзандларини камбағал қишлоқ аҳли сотади, бу билан одамлар ҳам ўз моддий аҳволини яхшилаб олади, ҳам болалар сонига ўрнатилган чеклов учун жавобгарликдан қутулиб қолади. Одатда болаларни бойвачча, лекин фарзанди йўқ жуфтликлар сотиб олади. Айниқса ўғил болалар қадрланади – уларнинг нархи 6 минг долларга етиши мумкин. Қизларнинг нархи пастроқ юради.
 

 

Manba:Kun


1 2 »