Uzlayt.net - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Yurtimizning qayeridansiz?
Всего ответов: 32

Реклама
Реклама
Реклама
Реклама
Профил
Гость

Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.

Логин:
Пароль:
Реклама
200


Реклама
Реклама
Реклама
На сайте
Подробно
Онлайн
Сегодня был на сайте:
,
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Islom Karimov Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan o‘zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Просмотров: 765 | Категория: dunyo_yangiliklar | Добавил: Admin



Islom Karimov Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan o‘zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda. Poytaxtdagi Xotira maydoniga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a’zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Davlat rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezident Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan o‘zbekistonliklar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. “Shu kunlarda yurtimizda, qishloq va shaharlarimizda, har bir oila va xonadonda kattayu kichik — barcha vatandoshlarimiz 9-may — Xotira va qadrlash kunini, Ulug‘ Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligini keng nishonlamoqda, — dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. — Ana shu buyuk g‘alabani qo‘lga kiritishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan faxriylarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni tabriklash, ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tilash men uchun katta sharafdir. Shu bilan birga, urush maydonlaridan qaytmagan, mana shunday musaffo osmon, tinch va osoyishta hayot uchun jon berib, qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib ta’zim qilish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman. Bugun muqaddas maskanga aylanib qolgan mana shu Xotira maydonida turib, jahon tarixidagi eng qonli, mislsiz qurbonlar, musibat va ofatlar olib kelgan urushda erishgan g‘alaba kunini nishonlar ekanmiz, oradan shuncha yillar o‘tganiga qaramay mamlakatimizda bironta odam yo‘qki, o‘sha dahshatli urushni, uning asoratlarini esidan, xayolidan chiqargan bo‘lsa. Shuning uchun ham bu qutlug‘ ayyomni, bir tomondan, katta g‘urur va iftixor bilan, ikkinchi tomondan, ko‘zimizda yosh bilan kutib olamiz, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”,— dedi davlat rahbari. “Hech shubhasiz, inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan tirik va barhayotdir. O‘tganlarning xotirasini esga olish, ularning xotirasi oldida hurmat bajo keltirish xalqimizga xos azaliy qadriyat bo‘lib kelmoqda. Jang maydonlarida Vatan uchun, bugungi va ertangi avlodlarning yorug‘ kunlarga yetishi uchun jon bergan, o‘zini fido etgan insonlar xotirasini yodga olsak, bugun hayot bo‘lgan faxriylarimizga qancha hurmat-ehtirom va e’tibor ko‘rsatsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz”, — dedi Islom Karimov.
Всего комментариев: 0
avatar
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin.