Uzlayt.net - Музыка, размещённая на сайте, в режиме ДЕМО! Внимание! Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания.
Оцените наш сайт, как?
Всего ответов: 13

Реклама
Реклама
Реклама
Реклама
Профил
Гость

Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.

Логин:
Пароль:
Реклама
200


Реклама
Реклама
Реклама
На сайте
Подробно
Онлайн
Сегодня был на сайте:
,
Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0


Toshkentda harbiy xizmatchilar uchun yangi uy foydalanishga topshirildi
Просмотров: 634 | Категория: dunyo_yangiliklar | Добавил: Admin



Toshkentda harbiy xizmatchilar uchun yangi uy foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari oilalariga mo‘ljallangan 64 xonadondan iborat to‘rt qavatli zamonaviy uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar va ularning oila a’zolari, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi.

Davlat rahbarining 2007-yil 14-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilishda dasturilamal bo‘lmoqda. Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun ko‘plab zamonaviy uy-joylar, yotoqxonalar, ta’lim muassasalari, sport majmualari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Yunusobod tumanidagi “Yangi shahar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan yangi ko‘p qavatli turar joy navbatdagi ana shunday inshootlardan biri bo‘ldi. “Arba” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan yangi uyda chegarachilar va ularning oila a’zolari uchun barcha sharoit yaratilgan. Uy oldida sport zali, basseyn, bolalar uchun zamonaviy o‘yin maydonchasi qurilgan.

 

 

Всего комментариев: 0
avatar
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin.